Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Lion park xususiy hayvonot bog‘ida 3 ta sher qafasdan chiqib ketdi. Sherlar qorovulga tashlangan, oqibatda u tan jarohatlari olib, halok bo‘lgan. Hayvonlarning ikkitasi qafasga qaytarildi, biri otib o‘ldirildi.
19 va 20-oktabr kunlari Fotosuratlar uyida Toshkent hayvonot bog‘ining 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. Tashrif buyuruvchilar poytaxt hayvonot bog‘ining uzoq tarixini aks ettiruvchi 100 dan ortiq arxiv fotosuratni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Toshkent hayvonot bog‘ida 10 yashar bir yo‘lbars bor. Laqabi — Navro‘z. O‘zi moskvalik, 8 yildan beri Toshkentda yashaydi. Hayotning achchiq-chuchugini totgan, hatto bir “xotini” va bolasidan ham “ayrilgan”. Bir tishidan ham ayrilgan. Navro‘z o‘z hikoyasini “Gazeta.uz” bilan bo‘lishdi — uning odamlarga iltimosi bor.
Toshkent hayvonot bog‘ida jonzotlarning yashash sharoitini yaxshilash uchun navbatdagi vasiylik dasturi ochildi. Bunda korpuslarni ta’mirlash, o‘yinchoq, ovqat olib berish, davolatish va boshqalar amalga oshiriladi. Bu davrda vasiy va uning oilasiga imtiyozlar, jumladan, zooparkka bepul kirish imkoni beriladi.
Toshkent hayvonot bog‘iga kirish narxi 5000 so‘mga qimmatladi. Bog‘ ma’muriyati buni hayvonlarni parvarishlash xarajatlari va kommunal xizmatlar narxi ortgani bilan izohladi.
Farg‘ona shahri hayvonot bog‘idagi zebra nobud bo‘ldi. 12 yil yashagan jonzot qarib o‘lgani aytilmoqda. Mazkur bog‘da yil boshida jirafa ham nobud bo‘lgandi.
Toshloq tumanida fuqaro xonadonida tug‘ilgan ikkita tulki bolasi qutqarildi. Parvarishga muhtoj ikki oylik jonivorlar Farg‘ona shahridagi hayvonot bog‘iga topshirildi.
Farg‘ona hayvonot bog‘ida Qozog‘istondan keltirilgan Maksim laqabli jirafa nobud bo‘ldi. U anomal sovuq kunlarda shamollab qolgan. Bunday sovuq sababli boshqa mayda jonzotlar, xususan, qushlar ham nobud bo‘lgan.
«Yangihayot» blokmaskani (Surum)da 2 fuqaro mashinada yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan bir bosh Yevropa kiyigini hujjatsiz olib yurgani aniqlandi. Jonivor vaqtinchalik saqlash uchun Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
Onasi ayiq volyeriga tashlab yuborgan 3 yoshli qizaloqning ahvoli yaxshilangani bois shifoxonadan uyiga javob berildi. U hozircha buvisining qaramog‘ida bo‘ladi.
Toshkent hayvonot bog‘chasida ayiq voleriga o‘zining uch yoshli qizini tashlab yuborgan ayol psixonevrologik dispanser ro‘yxatida turgan, oilada bosimga uchragan va turmush o‘rtog‘i bilan ajrashmoqchi bo‘lgan. Hodisa tafsilotlari.
Toshkent hayvonot bog‘ida ayiq voleriga onasi tashlab yuborgan qizaloqda ochiq bosh miya jarohati va bosh miya chayqalishi aniqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi uning ahvoli yaxshiligi va shifokorlar nazoratida ekanligini ma’lum qildi.
Toshkent hayvonot bog‘ida ayol kishi kichik qizaloqni 5 metr balandlikdan ayiqlar voleriga tashlab yubordi. Bola faqat tushish natijasida jarohat oldi. Ayolning qilmishi sabablari o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayol hibsga olingan.
Navoiy viloyatidagi xususiy hayvonot bog‘ida hayvonlarning ruxsatnomasiz va sharoitlarida kamchiliklar bilan saqlanayotgani aniqlandi. Hayvonot bog‘i direktori Navoiy shahar ma’muriy sudidan ogohlantirish oldi va unga besh kun ichida kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida buyruq berildi.
Toshkent hayvonot bog‘ining ko‘plab xodimlari sevimli jonivorlariga shunchalik bog‘lanishganki, ular o‘z hayotlarini ishlarisiz tasavvur qila olmaydilar. Biz ular bilan suhbatlashdik va sher nima uchun bu qadar semizligini, plastik qanday xavf tug‘dirishini va hayvonot bog‘i hayvonlarga nisbatan tashrif buyuruvchilar tomonidan qanday munosabatni ko‘rishni istashini bilib oldik.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting